Endi ShNQ va QMQ bo‘yicha savollarga sun’iy intellekt javob beradi
2026-03-10 16:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Endi ShNQ va QMQ bo‘yicha savollarga sun’iy intellekt javob beradi.
“Shaffof qurilish” sunʼiy intellekt asosidagi virtual yordamchini ishga tushirdi.
“Shaffof ekspert” deb nomlangan ushbu virtual yordamchi ai.shaffofqurilish.uz manzilida joylashgan bo‘lib, foydalanuvchilarga 24/7 rejimida tezkor maʼlumot taqdim etadi.
Mazkur tizim orqali foydalanuvchilar Shaharsozlik normalari va qoidalari (ShNQ) hamda Qurilish meʼyorlari va qoidalari (QMQ) bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga qisqa vaqt ichida javob olishlari mumkin.
Shuningdek, ai.shaffofqurilish.uz platformasida foydalanuvchilar:
▪️chat tarixini yuklab olish;
▪️qurilish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari bilan tanishish imkoniyatga ega.
Mazkur virtual yordamchi qurilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanishni yanada osonlashtirish, mutaxassislarning vaqtini tejash hamda sohaga oid maʼlumotlarni tezkor va aniq olishga xizmat qiladi.
Virtual yordamchini sinab ko‘ring: ai.shaffofqurilish.uz
