Yaponiyaning delegatsiya “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”da bo‘ldi
2026-03-04 18:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Yaponiyaning yer, infratuzilma, transport va turizm vaziri o‘rinbosari Yoshimichi Terada boshchiligidagi delegatsiya “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”da bo‘ldi.
Mehmonlar kelajak shahrining birinchi bosqich bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi. Kunchiqar mamlakati vakillariga investitsiyaviy, infratuzilma, yashil hududlar va boshqa bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi.
Mazkur delegatsiya kunning birinchi qismida poytaxtimizda o‘tkazilgan “O‘zbekiston-Yaponiya infratuzilma va “aqlli shahar”larni rivojlantirish” mavzusidagi biznes-forumida ishtirok etdi.


