Latviya delegatsiyasi bilan qurilish sohasini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi
2026-03-03 14:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish respublika markazida Latviya Respublikasi Qurilish davlat nazorati byurosi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda sohani raqamlashtirish va avtomatlashtirish, raqamli egizak, axborot tizimlarini integratsiyalash va sun’iy intellekt asosida nazorat mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlar elektron monitoring va raqamli boshqaruv bo‘yicha tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Muloqotda “Latviya hukumati rivojlanish hamkorligi granti” doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasida qurilish sohasida raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


