Vazir o‘rinbosari Buxoroda
2026-03-02 19:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, “Issiqlik ta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev hamda bir qator boshqa mutasaddilar Buxoro viloyatida olib borilayotgan o‘rganish va tahlil ishlari doirasida hududlarning infratuzilma holatini ko‘zdan kechirmoqdalar.
O‘rganishlar jarayonida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq va asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilmoqda.
Xususan, Peshku tumanida issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash masalasi batafsil tahlil qilindi. Tumandagi 53 ta ko‘p qavatli uy xatlovdan o‘tkazilib, shundan 33 ta uy individual issiqlik tizimiga ega, qolgan 20 ta uy esa loyiha asosida markazlashgan tizimga ulanmagani aniqlandi.
Jumladan, “Yangi bozor” MFY hududidagi 16 ta ko‘p qavatli uylarning 173 ta xonadonini barqaror issiqlik bilan ta’minlash maqsadida:
- jami quvvati 4 MVt bo‘lgan yangi qozonxona qurish,
- 1,4 km issiqlik tarmoqlarini tortish,
- ichki issiqlik tizimlarini rekonstruksiya qilish taklifi ilgari surildi.
Hududlarda aholi bilan bevosita muloqotlar olib borilib, fuqarolarning murojaat va takliflari joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
Maqsad — infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush sharoitini yanada oshirish hamda hududlarning barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iborat.


