Xalqaro “Formula E” vakillari Yangi Toshkentda
2026-02-26 17:40:00 / Vazirlik yangiliklar

Xalqaro avtomobil federatsiyasi “Formula E” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha vitse-prezident Agus Zomenyo boshchiligidagi delegatsiya Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasida bo‘ldi.
Mehmonlar kelajak shahrining birinchi bosqich hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Shundan so‘ng ular Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirishdi.


