Marg‘ilon turizm markaziga aylanmoqda: qurilish ishlari joyida o‘rganildi
2026-02-17 18:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari T.Alimatov Farg‘ona viloyatiga xizmat safari davomida Marg‘ilon shahrida barpo etilayotgan Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-tadqiqot va turizm majmuasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini har bir obyekt kesimida o‘rgandi.
O‘rganishlar jarayonida majmua hududidagi obyektlar bo‘yicha qurilish ishlarini tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida olib borish, belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya etish, eng avvalo, ushbu obyektlar inson manfaati uchun xizmat qilishini hisobga olgan holda ishlarni tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari tomonidan loyiha-qidiruv tashkilotlariga amaldagi SHNQ normalari asosida loyihalashtirish, loyiha qiymatlarining sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, mualliflik nazoratini qat’iy va tizimli ravishda olib borish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Qurilish jarayonlarida tartib-intizom, sifat, xavfsizlik va mas’uliyat ustuvor bo‘lishi shartligi qayd etilib, barcha ishlar belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan bajarilishi lozimligi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.



