Vazirlikda hamda uning tizim tashkilotlarida bugun siyosiy-maʼrifat soati boʻlib oʻtdi
2026-02-06 10:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida bugun siyosiy-maʼrifat soati boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda vazirlikning markaziy apparati, “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” Respublika markazi, Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi xodimlari faol ishtirok etdilar.
🫥Albatta, bu kabi tadbirlar mutaxassislarning siyosiy savodxonligini yuksaltirish bilan birga, ularning milliy qadriyatlarimizga boʻlgan hurmat-ehtiromini mustahkamlash, milliy oʻzligimizni anglash va uni keng targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, bu kabi uchrashuvlar jamoada ijtimoiy faollikni kuchaytirishga xizmat qilyapti.



