Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi
2026-02-02 17:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun “Qishloqqurilishloyiha” DMda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda tizimda mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2026-yilda bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Tadbirda “Qishloqqurilishloyiha” DM direktori hamda tashkilotning barcha xodimlari ishtirok etdilar. Yigʻilish davomida vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Fayziyev tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim qilinib, sohada mavjud muammolar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar atroflicha tahlil etildi. Shuningdek, masʼul xodimlarning ushbu masalalar yuzasidan fikrlari tinglandi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan PF-270-sonli Farmonida belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur Farmon ijrosi doirasida joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning samarali bajarilishi yuzasidan mutaxassislarga zarur topshiriqlar berildi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat faoliyatida shaffoflik va qonun ustuvorligini taʼminlash har bir xodimning muhim vazifasi ekani taʼkidlandi.


