Endi noqonuniy qurilishlarni manzili, maydoni va hatto rasmigacha ko‘ra olasiz
2026-01-28 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar
dshk.shaffofqurilish.uz saytiga kirib "noqonuniy qurilmalar"ni tanlang, hududingizni belgilab xaritadagi nuqtalar ustiga bosing,
Tizim yaqinda ishga tushiriligan boʻlib noqonuniy qurilmalar haqidagi maʼlumotlar bosqichma-bosqich kiritib borilmoqda. Agar siz ham qonunga zid qurilishlarga duch kelsangiz "Ogoh fuqaro" mobil ilovasi orqali xabar bering.
Ushbu mexanizm hujjatsiz qurilishlarni barchaga ochiq tarzda koʻrsatib, yurtdoshlarimizni uy-joy xarid qilishda aldanib qolishining oldini oladi.
