Qurilish tashkilotiga xodimlar, moliyaviy ko‘rsatkichlar, texnikalar, sertifikatlar uchun necha ball beriladi?
2026-01-08 10:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Shaffof qurilish: Qurilish tashkilotiga xodimlar, moliyaviy ko‘rsatkichlar, texnikalar, sertifikatlar uchun necha ball beriladi?
Qurilish tashkilotining xodimlari uchun beriladigan ball?
Bosh direktor – 1 ball
Bosh muhandis – 1 ball
Loyiha-smeta ishlari bo‘yicha muhandis yoki smetachi – 1 ball
Texnik hujjatlar bo‘yicha muhandis – har bir mutaxassis uchun 1 balldan, jami 2 ball
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis – 1 ball
Qurilish nazorati bo‘yicha muhandis yoki ishlab chiqarish va kapital qurilish bo‘yicha muhandis yoki qurilish-montaj ishlarini qabul qilish va ularning sifati bo‘yicha inspektor – sertifikatlangan 1 nafar mutaxassisga 1 ball, 2 va undan ortiq mutaxassis uchun 2 ball
Bosh geodezist yoki geodezist yoki muhandis geodezist yoki geodezik ishlar bo‘yicha muhandis – 1 ball
Bundan tashqari, tashkilotda ishlovchi xodimlar sonidan kelib chiqib, maksimal 10,4 ball beriladi.
Ushbu ma’lumotlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan avtomatik tarzda olinadi.
Qurilish tashkilotiga moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha beriladigan ballar.
Jismoniy shaxslar uchun hisoblangan daromad miqdori – 5 ball (moliya yili yakuni bo‘yicha)
Realizatsiyadan tushgan sof tushum – 1,5 ball (oxirgi 3 yildagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisobga olinadi)
To‘langan QQS summasi – 4 ball (oxirgi 3 yildagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisobga olinadi)
To‘langan foyda solig‘i – 4 ball (moliya yili yakuni bo‘yicha)
Foydalanishga topshirgan obyektlari soni – 3 ball (oylik reyting yangilanishi bo‘yicha)
Foydalanishga topshirgan obyektlari qiymati – 3 ball (oylik reyting yangilanishi bo‘yicha)
❗️Ballar interpolyatsiya usulida hisoblanadi, bunda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan korxonaga maksimal ball beriladi.
Ushbu ma’lumotlar Soliq qo‘mitasi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazidan avtomatik tarzda olinadi.
Qurilish korxonasining ishlayotgan davri va barqarorlik reytingidagi o'rni uchun necha ball beriladi?
5 yil yoki undan ko‘p vaqt davomida faoliyat yuritayotgan korxonaga 6 ball beriladi. Oraliq ko'rsatkichlar uchun ball interpolyatsiya usulida hisoblanadi.
Barqarorlik reytingidagi o'rni uchun ball korxonaning ushbu reytingdagi jami balining 6 foizini hisoblash yo'li bilan aniqlanadi. Masalan, korxonaning barqarorlik reytingidagi bali 70 bo'lsa quruvchilar reytingida 4,2 ballga ega bo'ladi. 70*6%=4,2 ball.
Shuningdek, korxonaga xalqaro ISO-9001, ISO-45001 hamda ISO-14001 sertifikatlarining har biri uchun 0,8 balldan beriladi.
Ushbu ma’lumotlar Soliq qo‘mitasi hamda Texnika jihatdan tartibga solish agentligidan avtomatik tarzda olinadi
Quyidagi texnikalar uchun qurilish tashkilotiga necha balla beriladi?
Yuk tashuvchi
quvvati 50-100 ot kuchi, yuk tashish quvvati 500 kg va undan yuqori, ishlab chiqarilganiga 15 yilgacha bo‘lgan texnikalar – jami 2 ball
(1 ta texnika uchun 0,5 ball beriladi. 2 tadan 6 ta texnikagacha, har bir texnika uchun 0,1 balldan jami 0,5 ball qo‘shiladi. Eng ko‘p texnikaga ega korxonaga yana 1 ball beriladi)
quvvati 50-100 ot kuchi ishlab chiqarilganiga 15-30 yilgacha bo‘lgan texnikalar – jami 1 ball
(eng ko‘p texnikaga ega korxonaga 1 ball beriladi)
quvvati 100 va undan ortiq ot kuchi, ishlab chiqarilganiga 15 yilgacha bo‘lgan texnikalar – jami 3 ball
(1 ta texnika uchun 1 ball beriladi. 2 tadan 11 ta texnikagacha, har bir texnika uchun 0,1 balldan jami 1 ball qo‘shiladi. Eng ko‘p texnikaga ega korxonaga yana 1 ball beriladi)
quvvati 100 va undan ortiq ot kuchi, ishlab chiqarilganiga 15-30 yilgacha bo‘lgan texnikalar – jami 2 ball
(1 ta texnika uchun 0,5 ball beriladi. 2 tadan 6 ta texnikagacha har bir texnika uchun 0,1 balldan jami 0,5 ball qo‘shiladi. Eng ko‘p texnikaga ega korxonaga yana 1 ball beriladi)
Yuk ko‘taruvchi
quvvati 50-100 ot kuchi, ishlab chiqarilganiga 40 yilgacha bo‘lgan texnikalar – jami 2 ball
(1 ta texnika uchun 0,5 ball beriladi. 2 tadan 6 ta texnikagacha, har bir texnika uchun 0,1 balldan jami 0,5 ball qo‘shiladi. Eng ko‘p texnikaga ega korxonaga yana 1 ball beriladi)
quvvati 100 va undan ortiq ot kuchi, ishlab chiqarilganiga 40 yilgacha bo‘lgan texnikalar – jami 3 ball
(1 ta texnika uchun 1 ball beriladi. 2 tadan 11 ta texnikagacha, har bir texnika uchun 0,1 balldan jami 1 ball qo‘shiladi. Eng ko‘p texnikaga ega korxonaga yana 1 ball beriladi)
Avtobetonqorgich
quvvati 100-200 ot kuchi, ishlab chiqarilganiga 15 yilgacha bo‘lgan texnikalar – jami 2 ball
(1 ta texnika uchun 0,5 ball beriladi. 2 tadan 6 ta texnikagacha, har bir texnika uchun 0,1 balldan jami 0,5 ball qo‘shiladi. Eng ko‘p texnikaga ega korxonaga yana 1 ball beriladi)
quvvati 200 va undan ortiq ot kuchi, ishlab chiqarilganiga 15 yilgacha bo‘lgan texnikalar – jami 2 ball
(1 ta texnika uchun 1 ball beriladi. 2 tadan 11 ta texnikagacha, har bir texnika uchun 0,1 balldan jami 1 ball qo‘shiladi. Eng ko‘p texnikaga ega korxonaga yana 1 ball beriladi)
Avtobetononasos
quvvati 100-150 ot kuchi, ishlab chiqarilganiga 20 yilgacha bo‘lgan texnikalar – jami 1 ball
(1 ta texnika uchun 0,5 ball beriladi. Eng ko‘p texnikaga ega korxonaga yana 0,5 ball beriladi)
quvvati 150 va undan ortiq ot kuchi, ishlab chiqarilganiga 20 yilgacha bo‘lgan texnikalar – jami 3 ball
(1 ta texnika uchun 1 ball beriladi. Eng ko‘p texnikaga ega korxonaga yana 2 ball beriladi)
❗️Oraliq ko‘rsatkichlar interpolyatsiya usulida hisoblanadi.
Yuqoridagi texnikalar haqidagi ma'lumotlar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan taqdim etiladi. Ball texnik ko‘rikdan o‘tgan va soz holatdagi texnikalar uchun beriladi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi ham texnikalar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi qurilish tashkilotining moddiy texnik bazasi, Qurilish vazirligi huzuridagi Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi tashkilotning qurilish faoliyati to‘g‘risidagi ma’lmotlarni taqdim etadi.
