31-xalqaro qurilish-interer ko‘rgazmasi — “MosBuild 2026”
2025-12-29 16:30:00 / Vazirlik yangiliklar

2026-yil 31-mart – 3-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida 31-xalqaro qurilish-interer ko‘rgazmasi — “MosBuild 2026” bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazma qurilish va pardozlash materiallari, zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsion yechimlarni namoyish etishga qaratilgan yirik xalqaro maydon bo‘lib, unda soha mutaxassislari, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar ishtirok etadi. Tadbir qurilish sanoati vakillari o‘rtasida tajriba almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda biznes imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ko‘rgazmaning qurilish sanoatini rivojlantirishdagi muhim ahamiyatini inobatga olgan holda, ushbu tadbirda ishtirok etish O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasi bo‘yicha kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Qurilish sohasi vakillari va tadbirkorlarni “MosBuild 2026” xalqaro ko‘rgazmasiga taklif etamiz.
