“Swiss Days–2025” doirasida urbanizatsiya bag‘ishlangan sessiyalar bo‘lib o‘tmoqda
2025-12-01 15:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “Swiss Days–2025” doirasida urbanizatsiya, raqamli boshqaruv va sanoat modernizatsiyasiga bag‘ishlangan sessiyalar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakillari Shveysariyaning zamonaviy shaharsozlik yondashuvlari — “sponge city”, “yashil infratuzilma”, tabiiy drenaj tizimlari, raqamli rejalashtirish va GIS modellashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarini muhokama qilmoqda.
Shveysariya ekologik barqaror infratuzilma, suv resurslarini boshqarish, transport tizimini optimallashtirish va muhandislik yechimlari bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biri sanaladi. Shu bois bugungi sessiyalarda barqaror shaharsozlik, chiqindilarni qayta ishlash, energiya samaradorligi hamda sanoatni modernizatsiya qilishga oid xalqaro texnologiyalar taqdim etilmoqda.
Shuningdek, Shveysariya kompaniyalari bilan urbanizatsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda ularning ilg‘or tajribasini respublika shaharlarini barqaror rivojlantirish loyihalarida qo‘llash bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
Ushbu muloqotlar poytaxtimiz va hududlarda qulay, xavfsiz va barqaror shaharsozlik siyosatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.


