Growz – fermerlarning sun’iy intellekt asosida ishlovchi yordamchisi! (video)
2025-10-27 09:10:00 / Yangiliklar
“MUNIS” loyihasi doirasida moliyalashtirilgan mazkur mobil ilova yordamida dala maydonlari holatini tahlil qilish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish yuzasidan tavsiyalar olish, hosildorlikni oshirish, shuningdek, agro-kimyo mahsulotlarini birinchi qo‘ldan xarid qilish mumkin.
Startap o‘zining har bir foydalanuvchisi uchun agronomik taqvim, onlayn agronom, real vaqt rejimida ishlovchi maslahatchi vazifasini o‘tashi mumkin.
Platformani Google Play va Apple Store orqali yuklab olish imkoniyati mavjud.
