Turkiy davlatlar tashkilotining sanoat, fan, texnologiya va innovatsiya vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-10-24 16:55:00 / Yangiliklar

2025-yil 24-oktabr kuni Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning sanoat, fan, texnologiya va innovatsiya masalalariga mas’ul vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b. A.Norov ishtirok etdi. Yig‘ilishga Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov raislik qildi. Shu bilan birga, tadbirda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va a’zo hamda kuzatuvchi davlatlarning vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida tomonlar ilmiy-tadqiqot va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, startap, yashil texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsiya sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish, ilmiy markazlar va texnoparklar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish boyicha fikr almashdilar.
Yig‘ilish yakunida vazirlar tomonidan yig‘ilish Deklaratsiyasi imzolandi hamda hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan “Harakatlar rejasi” qabul qilindi. Turkiy davlatlar tashkilotining sanoat, fan, texnologiya va innovatsiya vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi 2026-yili Qozog‘istonda o‘tkazilishi belgilandi.


