Innovatsion rivojlanish agentligi Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahat kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
2025-06-21 14:25:00 / Yangiliklar

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligi boshqaruv tizimida xotin-qizlarning rolini oshirish hamda ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ijtimoiy-huquqiy, psixologik va maʼnaviy yordam ko‘rsatish, iqtidorli, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni rag‘batlantirish yo‘nalishida bajarilgan ishlar va erishilayotgan natijalar muhokama etildi.
Bundan tashqari, xotin-qizlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning natijalarini targ‘ib qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlar tahlil etildi.
Ma‘lum qilinishicha olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga asosan ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishlari doirasida har yili mart oyida o‘tkazib kelinayotgan “Olima ayollar” tanloviga 2025-yilda 540 ta loyiha talabnomasi topshirilgan. 2024-yilning mos davrida mazkur ko‘rsatgich 342 tani tashkil etgan. Majlis ishtirokchilari kelgusida mazkur raqamlarni yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib oldilar.
Majlis davomida oilalarda sog‘lom ma‘naviy muhitni shakllantirish, farzandlarni aqlan va jismonan yetuk qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va sport bilan muntazam shug‘ullanish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Yig‘ilish so‘ngida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.






