Yashil iqtisodiyot platformasi
2026-05-26 09:20:00 / Yangiliklar

Platforma quyidagi vazifalarni bajaradi:
– respublikaning yashil iqtisodiyotga doir ma’lumotlarini yig‘ish, ularni tahlil qilish va qayta ishlash, hamda yig‘ilgan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish;
– yashil iqtisodiyotga doir faoliyatlar bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish va ma’lumot berish;
– respublikada amalga oshirilayotgan yashil loyihalar bo‘yicha ma’lumot berish;
– iqlim o‘zgarishiga doir ma’lumotlarni yig‘ish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va moslashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni monitoring va nazorat qilish;
– respublikadagi issiqxona gazlari emissiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va natijalar bo‘yicha foydalanuvchilarga ma’lumot berish;
– yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish bo‘yicha aholi va foydalanuvchilarni salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;
– yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishi sohasida tayyorlangan hisobotlarni to‘plash va foydalanuvchilarga taqdim etish;
– yashil iqtisodiyot yo‘nalishida aholi va foydalanuvchilarning fikr va mulohazalarini to‘plash.
