Startap ekotizimini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2026-05-07 17:25:00 / Yangiliklar

Maʼlumot uchun, Plug and Play Tech Center — AQSHning Kremniy vodiysida tashkil etilgan xalqaro innovatsion platforma va venchur akselerator hisoblanadi. Kompaniya startaplar, yirik korporatsiyalar, investorlar, universitetlar va davlat tashkilotlari oʻrtasida innovatsion hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish hamda istiqbolli texnologik loyihalarni global bozorlarga olib chiqish bilan shugʻullanadi. Platforma dunyo boʻylab 65 dan ortiq ofis, 600 dan ziyod korporativ hamkor va 100 mingdan ortiq startaplar ekotizimiga ega.
Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda universitet startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va xalqaro akseleratsiya dasturlarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, oliy taʼlim muassasalari ishtirokida maxsus akseleratsiya dasturlarini tashkil etish, universitet startaplari uchun milliy tanlovlar oʻtkazish, texnologiyalar transferi va innovatsion loyihalarni global bozorlarga olib chiqish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Shuningdek, iqtidorli yoshlarni xalqaro startap ekotizimlariga integratsiya qilish, investorlar va texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar innovatsiyalar, startaplar va universitetlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekistonda innovatsion tadbirkorlik muhitini rivojlantirish boʻyicha amaliy tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.



