Koreya Respublikasida innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazildi
2026-04-28 18:45:00 / Yangiliklar

Avval xabar qilinganidek, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b A.Norov boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Safar dasturi doirasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, KVIC (Korea Venture Investment Corp), Changup hamda Handong Global University vakillari bilan samarali muzokaralar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida startap ekotizimini rivojlantirish, venchur investitsiyalarni jalb etish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida qator aniq kelishuvlarga erishildi. Mazkur hamkorliklar O‘zbekistonda innovatsion muhitni yana-da rivojlantirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda sohada yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.



