Intellektual mulk sohasiga qiziqasizmi? Ajoyib imkoniyat!
2026-04-15 16:45:00 / Yangiliklar

Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) Akademiyasi tomonidan a’zo davlatlar uchun bepul onlayn o‘quv kurslari tashkil etilgan.
Ushbu kurslar:
-Rus va ingliz tillarida olib boriladi;
-Mutlaqo bepul;
-Muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikat beriladi.
Kurslarda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olingan:
🔵Intellektual mulk asoslari;
🔵Patent tushunchalari va patent ma’lumotlari bilan ishlash;
🔵Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar;
🔵Tovar belgilari, sanoat namunalari va geografik ko‘rsatkichlar.
➡️ Ushbu kurslar nafaqat soha mutaxassislari, balki intellektual mulkka qiziqqan har bir kishi uchun foydali. O‘z bilim va ko‘nikmalaringizni xalqaro darajada oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish:
https://welc.wipo.int/acc/index.jsf?lang=ru
▫️ Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish muddatlari cheklangan.
