Termiz yoshlar texnoparkida istiqbolli loyihalar o‘rganildi
2026-04-10 11:25:00 / Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b A. Norovning Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davomida Termiz yoshlar texnoparki faoliyati o‘rganildi.
Xususan, texnoparkda faoliyat yuritayotgan yosh innovatorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, “InnoX” biznes-inkubator dasturi doirasidagi startaplar bilan tanishildi. Shuningdek, hudud yoshlarini zamonaviy kasblarga o‘qitish, ularni innovatsion faoliyatga jalb etish maqsadida tashkil etilgan o‘quv kurslari va ularning natijalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan ushbu loyihalarni yanada takomillashtirish, bozor talablariga moslashtirish hamda investitsiya jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunga qadar texnoparkda ishlab chiqilgan 4 ta loyiha umumiy qiymati 40 ming AQSH dollariga teng investitsiyani jalb qilgan. “InnoX” dasturi orqali esa 105 ta istiqbolli startap loyiha shakllantirilgan.


