Qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha tanlovning birinchi bosqich natijalari e’lon qilindi
2026-03-16 20:15:00 / Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning tegishli qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash yuzasidan yosh olimlarni Shveytsariyaning Jeneva xalqaro instituti, AQShning Dallas shahridagi Texas universiteti, Eron Islom Respublikasining Qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari, taʼlim va kengaytirish tashkiloti (AREEO), Rossiya Federatsiyasining “Xalqaro kvant optikasi va kvant texnologiyalari” MChJ va Qozon Federal universiteti, Tatariston Respublikasining Innopolis universiteti, Malayziyaning Sultan Idris universiteti, Turkiyaning Balikesir universitetlarida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish maqsadida e’lon qilingan maqsadli tanlovning birinchi bosqich natijalari eʼlon qilinadi.
Maqsadli tanlovlar shartlarida tavsiya etiladigan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar buyurtmachi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va umumlashtirilgan holda Agentlikka “internship.ilmiy.uz” xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etilishi belgilangan.
Bunda, Agentlik huzuridagi Maxsus ekspert guruhining 2026-yil 10-martdagi 1-son yig‘ilish bayoni qaroriga asosan nomzodlarning maʼlumot (hujjat)lari koʻrib chiqildi va quyidagilar maʼqullandi, jumladan:
Shunga koʻra, 1-ilovadagi nomzodlar bo‘yicha ikkinchi bosqich saralash tanlovini stajirovka dasturi taqdimot himoyasi joriy yilning 19-mart - 20-aprel kunlarida Agentlik binosida (manzil: 100174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy, “Beruniy” metro bekati, 11, 28, 31, 78, 88, 116 yo‘nalishli avtobuslarning “Beruniy” bekati) o‘tkaziladi hamda ro‘yxat bo‘yicha nomzodlar taklif etiladi.
Ma’lumot uchun: nomzodlar ma’lum sabablarga ko‘ra ushbu belgilangan kunlarda taqdimot himoyasini o‘tkazishni imkoni bo‘lmagan taqdirda bu haqida Agentlikni kamida 1 ish kuni oldin (ish joyidan rasmiy xat orqali) xabardor etishlari shart, aks holda taqdimotga kelmadi va ikkinchi bosqichdan o‘tmadi deb hisoblanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va ishchi tartibda ishlash uchun Agentlikning Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Yusupov Suxrob Qaxramon o‘g‘li. Telefon: 71 203-32-23 (ichki raqam 193), elektron manzil: s.yusupov@ilmiy.uz; Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi G‘aniyeva Feruza Berdimurod qizi. Telefon: 71 203-32-23 (ichki raqam 655), elektron manzil: f.ganieva@ilmiy.uz
