Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi hududiy Yoshlar texnoparklarida talaba-yoshlar uchun qator tadbirlar tashkil etildi
2026-02-26 20:45:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba — “Yoshlar kuni” deb belgilanishi munosabati bilan Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi hududiy Yoshlar texnoparklarida talaba-yoshlar uchun qator tadbirlar tashkil etildi:
- Andijon viloyati: Muhammad Al-Xorazmiy maktabi o‘quvchilari ishtirokida startap loyihalar taqdimoti va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
- Farg‘ona viloyati: "InnoX" dasturi bitiruvchilari va soha mutasaddilari ishtirokida vodiyda startap ekotizimini rivojlantirish hamda loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
- Samarqand viloyati: Viloyat hokimi ishtirokida "InnoX" dasturi yakunlari bo‘yicha startaplar taqdimoti o‘tkazilib, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralar belgilandi.
- Qashqadaryo viloyati: Qarshi yoshlar texnoparkida o‘tkazilgan “Demo Day” tadbirida 25 nafardan ortiq startapchi o‘z loyihalarini ekspertlarga taqdim etib, amaliy tavsiyalar va esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritdi.




