Ilmiy stajirovka
2026-02-24 22:10:00 / Yangiliklar

Praga shahrida Praga Munitsipal kutubxonasi va EIASM ko‘magida tashkil etilgan ilmiy stajirovka muvaffaqiyatli yakunlandi. Dasturning asosiy natijasi sifatida xalqaro tajribalar asosida talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini oshirishga qaratilgan milliy lingvopedagogik model ishlab chiqildi.
Kuchkarova Nazira Qahramon qizi tomonidan tadqiqot doirasida taqdim etilgan “Language through Values” (Qadriyatlar orqali til o‘qitish) loyihasi alohida e’tirof etildi. Ushbu innovatsion yondashuv til o‘rgatishni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lab, talabalarning nafaqat nutqini, balki madaniy dunyoqarashini ham shakllantiradi. Jarayonda UNESCO tamoyillari va xalqaro CLIL metodikasi chuqur tahlil qilinib, O‘zbekiston ta’lim muhitiga moslashtirildi.
Yevropa va Osiyo tajribasini o‘zida mujassam etgan ushbu ilmiy izlanishlar natijasida tizimlashtirilgan nazariy manbalar va aksiyologik yondashuvga asoslangan amaliy tavsiyalar tayyorlandi. Mazkur natijalar oliy ta’lim muassasalarida til o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqish va zamonaviy ta’lim yechimlarini joriy etish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.


