Xorijiy stajirovka tanlovlarida zarur ma’lumotlar va hujjatlar
2026-01-29 17:10:00 / Yangiliklar

Ayni damda yosh olimlarni AQSh, Malayziya, Shveytsariya kabi davlatlarga stajirovkaga yuborish bo‘yicha 8 ta tanlov davom etmoqda. Ularda ishtirok etish uchun zarur ma’lumotlar va hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing:
1. Ma’lumotnoma;
2. Stajirovka rejasi;
3. Stajirovka maqsad va vazifalari;
4. Ilmiy darajasi (fan nomzodi, PhD va fan doktori), ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplom(lar)ning nusxasi, agar mavjud bo‘lsa;
5. Xorijiy tillardan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar, muddati oʻtgan hujjatlar bundan mustasno), agar mavjud bo‘lsa.
6. Stajirovka davrida amalga oshiriladigan ishlar dasturi.
Hujjatlar internship.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda to‘ldiriladi.
