Ilmiy stajirovkaga yuborish uchun e’lon qilingan maqsadli tanlovlar yakuniy natijalari
2026-01-13 19:45:00 / Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish agentligi (Agentlik) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida yosh olimlarni AQSHning Dallas shahridagi Texas universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish uchun e’lon qilingan maqsadli tanlovlarning saralash yakuniy natijasini ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida” nizom talablariga ko‘ra Agentlik huzuridagi maxsus ekspert guruhining 2025-yil 10-dekabrdagi 233-son, hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kuzatuv kengashining 2026-yil 12-yanvarda 20-son yig‘ilish bayoni qarorlariga muvofiq quyidagi ro‘yxatlar ma’qullandi va tasdiqlandi:
2-ilova. “Qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish rad etilgan yosh olimlar ro‘yxati”.
Shu munosabat bilan, yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish uchun belgilangan tartibda talab etiladigan hujjatlarni kuzatuv (kafolat) xati bilan taqdim etilishini ta’minlashingizni so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va ishchi tartibda ishlash uchun Agentlikning Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Shamuratov Baxtiyar Aytbayevich, ish telefoni: (71) 203 32 23 (245); elektron manzil: b.shamuratov@ilmiy.uz
