Qoraqalpog‘istonda yoshlar innovatsiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-01-07 11:10:00 / Yangiliklar

6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazir o‘rinbosari O‘ktam Salomov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Nukus Yoshlar Texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Texnopark huzurida faoliyat yuritayotgan yoshlarning innovatsion g‘oyalari, texnologik ishlanmalari, amaliy prototiplari hamda startap tashabbuslari taqdim etildi. Ularni rivojlantirish, moliyalashtirish va kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, 2025-yil davomida Yoshlar texnoparkida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, yangi loyihalar va rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif Texnopark faoliyatining samaradorligini oshirish, yangi innovatsion loyihalarni ishga tushirish hamda yosh innovatorlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Yoshlar texnoparki — kelajagingizni biz bilan birga quring!


