Tailand Biznes inkubatorlari va ilmiy parklar assotsiatsiyasi direktori V. Vatcharin bilan uchrashuv
2025-11-24 20:55:00 / Yangiliklar

Jeneva shahrida Agentlik direktori maslahatchisi Fazilat Qodirova va Tailand Biznes inkubatorlari va ilmiy parklar assotsiatsiyasi direktori V. Vatcharin bilan uchrashuv tashkil etildi. Suhbat davomida V.Vatcharin tomonidan Tailandning innovatsion ekotizimi, inkubatsiya dasturlari, startaplarni qo‘llab-quvvatlash amaliyoti hamda texnoparklarni boshqarish bo’yicha ma’lumot berildi. Xususan, Tailandda tashkil etilgan talaba tadbirkor maxsus dasturi natijasi hamda yoshlar orasida biznes tashabbuslarini rag‘batlantirishdagi ahamiyati haqida tajriba almashdi.
Shuningdek, Tailand hukumatining innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normativ hujjatlari hamda inkubatsiya dasturlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan maxsus “inkubatsiya tasdiqnomasi” sertifikati bo‘yicha Tailand tajribasi haqida so‘zlab berdi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasida innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi.

