E’lon qilinishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq quyidagi ma’lumotlar axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etilmaydi
- O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyati to‘g‘risidagi foydalanilishi cheklab qo‘yilgan qo‘yidagi axborot va ma’lumotlar axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etilmaydi:
- Davlat hokimiyatining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga kirmaydigan huquqiy-normativ hujjatlar;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, shuningdek, yig‘ilish bayonlarining alohida bandlarida belgilangan “maxfiy” va “xizmat doirasida foydalanish uchun” (XDFU) belgisi qo‘yilgan hujjatlardagi ma’lumotlar;
- “maxfiy” va “xizmat doirasida foydalanish uchun” (XDFU) belgisi qo‘yilgan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar;
- Ichki yozishmalar;
- Davlat hokimiyatining markaziy apparati va tizim tashkilotlari rahbar va mutaxassislari, ishchi-xizmatchilarning shaxsiga oid ma’lumotlar;
- Davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar;
- Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, sud, ichki ishlar, shuningdek, nazorat qiluvchi organlar axborotnomalarida keltirilgan boshqa ma’lumotlar
