Hokimiyat haqida

Gurlan tumani hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (1993-yil 2-sentyabr), O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni (2014-yil 5-may), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (2016-yil 24-fevral), Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori (2016-yil 27-aprel), Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (2016-yil 2-mart)ga muvofiq faoliyat yuritadi. Hokimlik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, viloyat hokimligining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Hokimiyat tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan o‘rnatiladi va o‘zgartiriladi. Gurlan tumani hokimligi boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Gurlan tumani hokimligining boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi. Gurlan tumani hokimligi boshqaruv apparati o‘z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi. Tuman hokimi viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi, ozod etiladi va Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Hokimning vakolat muddati – 5 yil.
Gurlan tumani Xorazm viloyatining Shimolida joylashgan bo‘lib, hududi 447,4 kv.km ni tashkil qiladi. Gurlan tumani viloyat hududining 7,3 foizini egallaydi.
Tumanning sharqiy qismidan Amudaryo o‘tadi. Janubiy tomoni Yangibozor, g‘arbiy tomonlari Shovot, Turkmanistonning Tozabozor, qardosh Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanlari bilan chegaradosh. Viloyat markazi Urganch shahridan 36 km, Shovot temir yo‘l stansiyasidan 15 km masofada joylashgan. Geografik kengligi 41 daraja, 30 daqiqa, dengiz sathidan balandligi 110 m. Tumanning eng shimoliy chekka nuqtasi Gurlan tumani Olchin qishlog‘i yaqinidagi Nurmonbobo to‘qayiga to‘g‘ri keladi.
|
Markazi |
Gurlan shaharchasi |
|
Tashkil topgan vaqti |
29.09.1926 y. |
|
Umumiy maydoni, ming km2 |
0,44 |
|
Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni |
48 ta |
|
Qishloq aholi punktlari |
31 ta |
|
Shaharchalar |
9 ta |
|
2022-yil 1-yanvar holatidagi doimiy aholi soni, ming kishi |
152,0 |
|
sh.j.: erkaklar |
77,0 |
|
Ayollar |
75,0 |
|
Viloyat markazigacha bo‘lgan masofa, km |
36 km |
|
Chegaradosh viloyatlar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
|
Chegaradosh tumanlar |
Tumanning sharqiy qismidan Amudaryo o‘tadi. Janubiy tomoni Yangibozor, g‘arbiy tomonlari Shovot, Turkmanistonning Tozabozar, qardosh Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanlari bilan chegaradosh |
