“Ayollar daftari – muammolar yechimi, imkoniyatlar eshigi!”
2026-06-19 20:45:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida “Do‘simbiy” mahallasi “Oila va xotin-qizlar maskani”da “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini namunali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Tadbir doirasida dastlab ishsiz xotin-qizlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarga zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish burchaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Seminar davomida xotin-qizlar uchun psixologik seminar-treninglar tashkil etildi. Shuningdek, adliya bo‘limi mutaxassislari tomonidan huquqiy yordam va maslahatlar ko‘rsatildi.
Tadbirda xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati









