Gurlan tumanida korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi
2026-05-23 15:35:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ'ibot materiallari

Gurlan tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining maishiy korrupsiya holatlariga barham berish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Sh.Muxamatov hamda tuman hokimi R.O‘razbayev ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda maishiy korrupsiyaning oldini olish, bu borada 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida barcha soha mas’ullariga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda tizimda qonuniylikni mustahkamlash bo‘yicha tegishli tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati









