Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonun. 03.01.2017
2026-01-12 13:50:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ'ibot materiallari

7-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;
aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi;
ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim va tarbiyaga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korrupsiya uchun shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshiradi;
korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi va uning hududiy kengashlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi (bundan buyon matnda Milliy kengash deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar (bundan buyon matnda hududiy kengashlar deb yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Milliy kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Milliy kengashning ishchi organidir.
UNGA KO‘RA, QUYIDAGI 16 TURDAGI JINOYATLAR KORRUPSIYAGA OID JINOYATLAR SIFATIDA BELGILANMOQDA:
- JKning 167-moddasi uchinchi qismi “d” bandi (mansab mavqeyini suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki rastrata);
- 168-moddasi to‘rtinchi qismi “g” bandi (xizmat mavqeyidan foydalanib firibgarlik sodir etish);
- 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish);
- 192-10-moddasi (NNT yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish);
- 192-11-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi (NNT yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini g‘arazgo‘ylik niyatida suiiste'mol qilish);
- 205-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi (g‘arazgo‘ylik niyatida sodir etilgan hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish);
- 206-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi (g‘arazgo‘ylik niyatida sodir etilgan hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish);
- 208-moddasining ikkinchi qismi (g‘arazgo‘ylik niyatida sodir etilgan hokimiyat harakatsizligi);
- 209-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi (g‘arazgo‘ylik niyatida sodir etilgan mansab soxtakorligi);
- 210-moddasi (pora olish);
- 211-moddasi (pora berish);
- 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish);
- 213-moddasi (davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish);
- 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi);
- 301-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi (og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan holda hokimiyatni suiiste'mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi);
- 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), agar jinoyat korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa.
Har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat korrupsiyadir. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi.
Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish hamda profilaktika qilish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga oid bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqida “Korrupsiyaga qarshi kurashda barchamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, yana-da katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, sanʼat va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak” deb taʼkidlab o‘tgan edi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek “Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham to‘liq tasdiqlaydi. Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar ko‘rayotgani bu global xavf ekanidan dalolat beradi”. Jahon iqtisodiyoti aynan korrupsiya tufayli shuncha mablag‘ yo‘qotayotgani, jamiyat taraqqiyotining eng xavfli kushandasiga aylangan bu illatga qarshi faqat birgalikda kurash olib borishgina kutilgan samara beradi.
Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli “O’zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korruptsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi.
SO‘NGI YILLARDA MAZKUR YO‘NALISHDA, JUMLADAN, QUYIDAGI CHORA-TADBIRLAR AMALGA OSHIRILDI:
Insonlarni qonunlarga itoatkor bo‘lishi, qonunlarga zid xatti-harakat qilmaslikni, boshqalarni ham shunga da’vat etishda ularning qonun, farmon va qarorlar mazmun-mohiyati haqida xabardorligini ta’minlash ahamiyat kasb etadi.
Mazkur yo‘nalishni amalga oshirishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-son Farmoni alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur Farmonda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasiini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotganni ko‘rsatilib, ularni bartaraf etishga oid tizimli vazifalar belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son qaroriga asosan, respublika ta’lim muassasalarida, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid huquqiy ta’lim va tarbiya berish tashkil etildi.
Mazkur masalaning dolzarbligini e’tiborga olib, mamlakatimiz rahbari 2023-yil 19-dekabr kuni Toshkent shahridagi Kongress markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimidagi nutqida “Ongi va qalbi bolalikdan “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni kamolga yetkazish ustuvor vazifamizdir”, deb ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatchilarini “halollik vaksinasi” tamoyili asosida muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish tizimini joriy etildi.
Tabiiyki, qayerda shaxsiy manfaat jamiyat va davlat manfaatidan ustun qo‘yilar ekan, o‘sha yerda korrupsiya, ta’magirlik va boshqa illatlar vujudga keladi.
Bu o‘z navbatida, davlat xizmatchilarida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lishi kundalik hayot tarziga aylanishi shartligidan dalolat beradi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlis Murojaatnomasi).
Eng avvalo, shuni ta’kidlab o‘tish joizki, korrupsiyaga qarshi kurashning sifat va son jihatdan mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi mahsulidir. Jumladan, davlat rahbarining jamiyatni «halollik vaksinasi bilan emlash» zaruriyati haqidagi fikrlari bu boradagi ishlarga qo‘yilgan tamal toshi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, Prezident 2020-yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, «Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi».
Ikkinchikdan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi uchun maxsus davlat organi tashkil etilib, bu boradagi davdat siyosatining institutsional asoslari takomillashtirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni (29.06.2020 yildagi PF-6013-son) qabul qilindi. Farmonga muvofiq, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi. Agentlik faoliyatining huquqiy asoslari, vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilashda xalqaro normalarni ilgari surgan holda xorijiy tajriba atroflicha o‘rganildi. Uning eng maqbul jihatlari Prezidentning mazkur farmonida to‘laqonli aks ettirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi va uning hududiy kengashlari tashkil etildi. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, bu – korrupsiya illatlariga barham berishdan iborat.
Uchinchidan, barcha davlat va jamoat tashkilotlarini, mamlakat miqyosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni o‘z ichiga qamrab oluvchi davlat dasturlari qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi Qarori bilan 2017–2018 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha birinchi Davlat dasturi qabul qilinib, uning ijrosi doirasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu islohotlarni davom ettirgan holda, 2019 yilning 27 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni (27.05.2019 yildagi PF-5729-son) bilan 2019–2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi Davlat dasturi tasdiqlandi. Bu boradagi so‘nggi qadamlardan biri sifatida 2021 yili 6 iyul kuni «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (06.07.2021 yildagi PF-6257-son) bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021–2022 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturini keltirish mumkin. Unda 44 ta chora-tadbir ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ijro muddatlari, mas’ul ijrochilar, ijro mexanizmi aniq belgilab qo‘yilgan.
To`rtinchidan, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarning asosida davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Jumladan, 2021 yil 16 iyunda qabul qilingan «Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga (16.06.2021 yildagi PF-6247-son) ko‘ra, barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari hamda ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari tomonidan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini tasdiqlashlari lozimligini joriy etildi. Bundan tashqari, budjet xarajatlarini tartibga solish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, budjet qonunchiligining buzilishi faktlari to‘g‘risida xabardor qilish va budjet jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish tartib-taomilini tashkil etish bo‘yicha «Openbudget» – «Ochiq budjet» portali ishga tushirildi.
Yettinchidan, korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning eng muhim jihatlaridan biri – davlat boshqaruvi tizimida «inson omili»ni kamaytirish uchun davlat va jamiyat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yo‘lga qo‘yildi. Ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, litsenziyalash va ruxsat berishga doir tartib-taomillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish maqsadida barcha hududlarda jami 201 ta davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi. Ushbu markazlar tomonidan
2017 yilda 37 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2018 yilda ularning soni 106 taga, 2019 yilda ularning soni 133 taga yetdi. 2020 yildan esa markazlar orqali 148 turdagi Bugungi kunga kelib 400 tadan ortiq shaffof, qulay va tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Sakkizinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlari va xo‘jalik yuritish sub’ektlarida «komplaens-nazorat» tizimining keng joriy etishili amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2019–2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturida ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish «komplaens-nazorat» tizimini joriy etish, samaradorligini monitoring qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tegishli korrupsion standart (ISO 37001)ga muvofiq sertifikatlashtirish tartibini o‘rnatish bo‘yicha tegishli vazifalar ilgari surildi. Ushbu belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 26 ta vazirlik va idoralarda yashirin iktisodiyot ulushini qisqartirish hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat «komplaens-nazorat» tizimini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
