Hududda mehnat va bandlikka oid holat haqida ma’lumot
KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH.
2025-yilda 53 mingta oilalar (a’zo 219 ming ) reyestrdan chiqarildi. Natijada reyestrdagi oilalar soni 4 foizga (37 mingta oila) tushirildi. (Statda - 8,6 foizdan 5,7 foizgacha tushirildi).
1. 63 mingta oilaning (260 ming aholi) har biriga “individual rejalar” ishlab chiqib, 59 mingta kambag‘al oilalar (250 ming aholi) daromadini oshirishga qaratilgan choralar ko‘rildi. Jumladan, 44 ming nafari ishga joylashtirildi, 38 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilindi, 5,7 ming nafari kasb-hunarga o‘qitildi.
2. Kambag‘al oilalarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13 mingta oilaga 206 mlrd so‘mlik kredit, 6 mingdan ortiq oilaga 16 mlrd so‘m ssuda va subsidiya mablag‘lari ajratildi.
3. 99 ta og‘ir mahallaga ajratib berilgan 250 mlrd.so‘m mablag‘ hisobiga 70 mingga yaqin xonadonlarning tomorqasi sug‘orish suvi hamda barqaror elektr energiya bilan ta’minlanib, bu orqali qariyb 100 ming aholini daromadini oshirish uchun mustahkam zamin yaratildi (o‘rtacha bitta xonadonning daromadi
40-50 mln.so‘mga oshdi)
4. 427 nafar usta-dehqon va agronom, 200 dan ortiq lider tadbirkor mahallalarga biriktirilib, yuqori daromadli ekin ekishga o‘rgatilmoqda. Misol uchun,
a) tomorqasi 10 sotixdan ko‘p bo‘lgan 1 mingga yaqin kambag‘al oilalar tomorqasida imtiyozli kredit va subsidiyalar hisobiga uzumchilik va machalka yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Uzum hosil bergunga qadar (3 yil) machalka hamda sabzavotlar ekib 25-30 mln so‘mgacha daromad olmoqda. Uzum hosilga kirgandan keyin har bir oila yiliga 50-60 mln so‘m daromadga ega bo‘ladi.
b) Qo‘shtepa tumanida Katta Farg‘ona magistral kanalini 10 km muhofaza qismi o‘zlashtirilib, 10 gektar maydonda voish usulida uzumzor barpo etilib, 200 dan ortiq aholi bandligi ta’minlandi. Shuningdek, shu yerdagi zovurlarda 60 ta oilalar tomonidan o‘rdakxona tashkil etilib, 60 ming bosh o‘rdak boqish yo‘lga qo‘yildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlashda yangi yondashuvlar amalga oshirildi:
1. 180 ta mahallalarga yangi ixtisoslashuv va sohalarni olib kirish orqali 6 ming nafar va 205 ta mahallaning mavjud ixtisoslashuvini kengaytirish hisobiga 16 ming nafar;
Misol uchun, Quva tumani “Karkidon” suv omboriga tutash hududdagi adirlikda “agrovoltaika” usulida 50 gektar yer maydonida quyosh paneli o‘rnatilib, tagida uzumchilik va 50 gektarda chorvachilik va baliqchilik tashkil etilmoqda.
Uzum bog‘lari 100 ta kambag‘al oilalarga 50 sotixdan bo‘lib berilib, 250-300 nafar aholi bandligi ta’minlanadi. Chorvachilik va baliqchilikda ham kamida 100 ga yaqin aholi ish bilan ta’minlanadi.
Bunda, kambag‘al oilalar quyosh panelidan yiliga 70 mln so‘mgacha daromad olib, uzumlarni parvarish qiladi. Qator orasiga ekilgan ekinlardan 50-60 mln so‘m daromad oladi.
Uzum hosilga kirganda yana 60-70 mln so‘m daromad olish imkoniga ega bo‘lishadi. Bu orqali 100 ta oila kambag‘allikdan chiqariladi (1 ta oilani daromadi 200 mln so‘mdan oshadi).
2. Tuman (shahar) markazlaridagi 128 ta mahallani bog‘lovchi gavjum ko‘chalar, sohil va yo‘l bo‘yi, savdo, ko‘ngilochar dam olish markazlarini tashkil etish orqali 10 ming nafar;
3. Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan 47 ta mahallada mehmon uylari, turizmga xizmat ko‘rsatuvchi ob’yektlarni tashkil etish evaziga 2 ming nafar;
4. Chegara va olis hududlardagi 57 ta mahallada qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va kichik ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish orqali 3 ming nafar;
5. Xalqaro (tranzit) avtomobil yo‘llari bo‘ylaridagi 115 ta mahallada – “servis point” va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish orqali 1,2 ming nafar;
6. 2,5 mingta aholi xonadonlaridagi eski bog‘larni yangilash, ular o‘rnida zamonaviy, intensiv bog‘larni tashkil etish orqali 8 ming nafar;
7. 218 ta mahallada “O‘zagrostar xolding” kompaniyasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ssuda va grant ajratish instrumentlaridan foydalangan holda 10 ming nafar aholining daromadlarini oshirish choralari ko‘riladi.
Misol uchun, Quva tumanidagi atirgulchilik kompleksiga 2 mingdan ortiq xonadonlarni bog‘lab atirgul g‘unchalari yetishtirish va eksportga yuborish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, bitta xonadon 5 sotixlik sovutiladigan issiqxonada atirgul g‘unchalarini yetishtirish orqali 150 mln.so‘mgacha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Buning natijasida yil yakuni bilan ishsizlik darajasi 3 foizga tushiriladi.
Viloyatdagi 4 ta shahar va 5 ta tumanni (Uchko‘prik, Buvayda, Quva, O‘zbekiston, Yozyovon) ishsizlik va kambag‘allikdan holi hududga aylantiriladi.
Bu yil 7 ta tuman, shundan, 4 ta tuman (Marg‘ilon sh, Quva, Yozyovon va O‘zbekiston) Yangi O‘zbekiston qiyofasi olib kiriladigan hududlar qatoriga, 3 ta tuman (Furqat, Bag‘dod va So‘x) esa og‘ir tumanlar toifasiga kiritib, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirishga 800 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi.
Bundan tashqari, “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”dagi 30 ta mahallaga 5 mlrd.so‘mdan (jami 150 mlrd.so‘m), kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 102 ta mahallalarni “og‘ir” mahalla sifatida belgilab, ularni har biriga 2 mlrd. so‘mdan (jami 204 mlrd.so‘m) alohida mablag‘ ajratildi. Yoniga mahalliy byudjetdan 1 mlrd. so‘mdan (jami 102 mlrd.so‘m) ajratilishi ta’minlanadi.
Misol uchun, Quva tumaniga o‘tgan yili berilgan mablag‘dan 7 mlrd.so‘m Qaqir mahallasida infratuzilmani yaxshilashga berilgan bo‘lsa, tadbirkorlar tomonidan sarflangan mablag‘ 70 mlrd.so‘mdan oshib ketdi.
Mahallada 1,7 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobiga alohida oqava suv tarmog‘i va lokal tozalash inshooti qurilishi (LOS) natijasida tadbirkorlar tomonidan 5 ta 5-7 qavatli uy-joylar barpo etildi.
Belorusiyalik investor tomonidan mahalla hududidagi bo‘sh turgan bino sotib olinib, tikuvchilik korxonasi tashkil etildi va 200 dan ortiq xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.
