Hududda adliya sohasidagi ma’lumotlar
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi boʻlimlar tomonidan 2025-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish;
davlat boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash;
huquq ijodkorligi va normativ-huquqiy hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash;
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish va davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish;
huquqiy targʻibotni amalga oshirish va adliya organlariga yuklatilgan boshqa vazifa va funksiyalarni bajarishda rejali va manzilli ishlar amalga oshirildi. Xususan:
I. Murojaatlar boʻyicha.
Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 7 547 ta jismoniy
va yuridik shaxslardan kelib tushgan boʻlib, adliya organlari tomonidan koʻrib chiqilgan murojaatlarning 5 850 tasi (77,3 foiz) qanoatlantirildi, 2 518 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 562 tasi yoki 20,6 foizi mehnat munosabatidagi nizolarni, 477 tasi (6,5 foiz) uy-joy va ijtimoiy himoyaga doir masalalarni tashkil etsa, qolganlari asosan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi, taʼlim, kommunal soha, yerga doir qonunchilik hujjatlariga doir masalalarni tashkil etmoqda.
II. Sudlarga kiritilgan daʼvo arizalar.
Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan joriy yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarida sudlarga jami 11 mlrd soʻmlik 687 ta daʼvo arizalari kiritilib, shundan 660 tasi (96 foizi) qanoatlantirilib, manfaatdorlarga 11 mlrd 807 mln soʻm mablagʻlar undirilib, 720 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari tiklanishi taʼminlandi hamda 290 dan ortiq hujjatlar ijrosi toʻxtatildi yoki haqiqiy emas deb topildi (27 ta qoldiq).
Sudlarga kiritilgan daʼvo arizalarning 87,9 foizi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga, 2,1 foizi iqtisodiy sudlarga va qolgan 9,8 foizi maʼmuriy va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga kiritilgan.
III. PF-80.
Viloyatdagi mavjud 19 ta tuman (shahar)da 2025-yil davomida 228 ta mahallada “Huquqiy mahalla” loyihasi to‘liq amalga oshirildi hamda viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan mazkur mahallalarda joylashgan 174 828 ta xonadon o‘rganilib, uyma-uy yurish vaqtida hamda aqlli yondashuvlar asosida aholining 13 turdagi (FHDY, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, notarial harakatlarni amalga oshirish, pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lovlari, uy-joy va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, aholi bandligi va mehnat munosabatlari, davlat hisobidan yuridik yordam va birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish, kommunal xizmatlarini ko‘rsatish, soliq, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash, imtiyozlarni qo‘llash va subsidiya, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash masalalarida) jami 147 102 ta huquqiy muammosi aniqlanib, mazkur aniqlangan huquqiy muammolarning 145 628 tasi (98,9 %) vakolat doirasida ko‘rib chiqildi va hal etildi.
Eng ko‘p aniqlangan huquqiy muammolar kommunal xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 52 725 ta (35,8 %), sog‘liqni saqlash sohasida 20 098 ta (13,7%), aholi bandligi va mehnat munosabatlari masalalarida 10 855 ta (7,4 %)ni tashkil etdi.
Xususan, loyiha doirasida quyidagi ijobiy ishlar amalga oshirildi:
- sog‘liqni saqlash sohasida 10 mingdan ortiq fuqarolarga bepul dori-darmon yetkazib berilib, fuqarolarning mazkur imtiyozni olishga bo‘lgan qonunchilikda belgilangan huquqlari tiklandi;
- 5 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari, pedagoglar hamda imtiyozga ega shaxslar bepul ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
- 3 mingga yaqin shaxsga ichimlik suvidan jami qariyb 300 mln.so‘m, chiqindi tashish xizmati uchun 20 mln.so‘mdan ortiq vujudga kelgan noreal qarzdorliklar adliya bo‘limlari tomonidan kiritilgan ta’sir choralar natijasida bekor qilindi;
- mehnat shartnomasi tuzilmagan holda faoliyat olib borayotganligi aniqlangan maktabgacha va maktab ta’limi hamda tibbiyot sohasidagi 5 mingdan ortiq xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzilib, xodimlarning mehnat huquqlari tiklandi;
- fuqarolarga qariyb 3 mingga yaqin huquqiy hujjat loyihalari (ariza, da’vo arizasi va boshqa) tayyorlab berildi;
- 1 500 dan ortiq shaxsga qonunchilikda belgilangan, biroq turli sabablarga ko‘ra amalda tatbiq etilmay kelayotgan soliq imtiyozlari adliya organlari aralashuvi bilan qo‘llanildi.
Huquqiy mahalla loyihasi doirasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholining buzilgan huquqlarini tiklash hamda ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlarni qo‘llash yuzasidan jami 572 ta ta’sir chorasi (322 ta taqdimnoma, 227 ta da’vo arizasi hamda 23 ta ma’muriy taklif) kiritildi.
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanadigan birlamchi minimal standartlarning amaldagi ijrosi tahlil qilinib, bu bo‘yicha Xalq deputatlarining viloyat va tuman (shahar) kengash qarorlari qabul qilindi hamda sohalar kesimida mas’ul davlat idora va tashkilotlariga vazifalar belgilandi.
Bundan tashqari, “Adliya-mahalla” (16 546 ta) va “Online-mahalla” (6 189 ta) platformalari orqali jami 22 735 ta murojaatlar qabul qilingan boʻlib, shundan 16 239 tasi (71,4 foiz) qanoatlantirildi, 6 496 tasiga (28,6 foiz) huquqiy tushuntirish berildi.
Platformalar orqali kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi ijtimoiy masalalar (bola puli, pensiya, nafaqa v.b.), yer munosabati hamda oilaviy nizolarni tashkil etadi.
Shuningdek, joriy yildan boshlab adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish va fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ularga qulayliklar yaratish maqsadida “Huquqiy mahalla” loyihasini samarali tashkil etishning yangi mexanizmi ishlab chiqildi.
Xususan, mazkur mexanizmdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining huquqini tiklash bilan bog‘liq real huquqiy muammolarini aniqlash va hal etish, fuqarolarning adliya organlariga onlayn murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda adliya organlarini mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishdan iborat.
Bundan tashqari, avvallari “Onlayn mahalla” platformasi orqali adliya organlariga faqatgina hokim yordamchilari tomonidan huquqiy muammolar yuborilgan bo‘lsa, endilikda mazkur platforma negizida tashkil etilgan “Raqamli mahalla” platformasi orqali mahalla raislari uchun ham huquqiy muammolarni yuborish imkoniyati yaratildi.
IV. Sohalarda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari.
Vazirlikning hamda boshqarmaning ish rejalari asosida 2 300 taga yaqin tashkilotlarda 2 155 ta, shundan 1 660 ta monitoring, 486 ta oʻrganish nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Natijada, jami 30 mingdan ortiq, shundan, mahalliy hokimliklarda 2 002 ta, taʼlim muassasalarida 8 490 ta, sogʻliqni saqlash muassasalarida 2 970 ta, kommunal idoralarida 8 660 ta, mehnat idoralarida 853 ta, qurilish va arxitektura idoralarida 1 170 ta va boshqa tashkilotlarda 9 mingga yaqin qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilishlarning sohalar boʻyicha tahlillariga koʻra, ular taʼlim sohasida 8 490 ta, sogʻliqni saqlashda 2 492 ta, mehnat sohasida 2 567 ta, yer ajratishga oid 419 ta, kommunal sohada 910 ta, murojaatlar bilan ishlashda 773 ta va boshqa sohalarda 14 mingga yaqin holatlar aniqlandi.
Aniqlangan holatlarining asosiy salmogʻi Buvayda tuman 3 045 ta, O‘zbekiston tumani 2 317 ta, Rishton tumani 2 214 ta toʻgʻri keldi.
V. Huquqiy taʼsir choralar.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish, oldini olish hamda qonun hujjatlari talabiga muvofiqlashtirish yuzasidan manfaatdor tashkilot va idoralarga 1 438 ta taqdimnoma, 4 551 ta ogohnoma kiritildi.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 10 680 ta hujjat qonun talabiga muvofiqlashtirildi, 1 670 ta hujjat bekor qilindi, 5 280 nafar mansabdorlarning harakatlari (harakatsizligi) toʻxtatildi, jismoniy va yuridik shaxslarga 25,5 mlrd soʻm mablagʻ undirildi.
Shuningdek, 248 nafar shaxslarning intizomiy, 509 nafar shaxslarning maʼmuriy (900 ta) javobgarlik masalalari hal etildi.
VI. “E-qaror” tizimi.
“E-qaror” elektron tizimi orqali 13 910 ta hujjatlar qabul qilingan boʻlib, shundan 6 252 ta hokim qarorlari, 5 003 ta hokim farmoyishlari va 2 655 ta Kengash qarorlarini tashkil etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 220 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan boʻlib, shundan 174 tasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi va 46 tasi qaytarildi.
Shuningdek, yer munosabatlariga doir kelib tushgan 270 ta qaror loyihalari ekspertizadan oʻtkazilib, shundan 243 tasi ijobiy xulosa berilgan boʻlsa, kiritilgan 27 ta loyihada kamchiliklari mavjudligi sababli qaytarildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan oʻrganish va monitoringlar natijasida tegishli sohalarga 27 ta taqdimnoma kiritilib, jami 27 ta davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 3 ta normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilindi.
VII. O‘RQ-937.
“E’tirof” ATga 2025-yil davomida viloyat bo‘yicha xatlov ishlari yakunlangan 53 198 ta obyekt kiritilgan hamda adliya boshqarmasiga kelib tushgan 11 298 ta obyektga nisbatan xulosa berilishi ta’minlangan.
Berilgan xulosalarning 9 749 tasi ijobiy hamda vakolatli organlar tomonidan salbiy xulosalar berilganligi sababli 1 549 tasi rad etilgan. Kengash qarori chiqarilgan obyektga soni 4 389 ta.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qoygan tashkilotlarga (eng ko‘p tuman (shahar) hokimyatlari va kadastr bo‘limlari) nisbatan 23 ta taqdimnoma, viloyat prokuraturasiga 1 ta jinoiy va 6 ta huquqiy baho berish uchun taklif kiritilgan hamda 6 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Mazkur yilda o‘tgan yilga nisbatan 2 baravarga ya’ni 10 mingdan ortiq obyektga nisbatan Kengash qarorini chiqarish bo‘yicha katta maqsad qo‘yilgan.
VIII. “E-huquqshunos” tizimi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qaroriga asosan barcha hududlarda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil etilib, markazlar tomonidan har bir tuman (shahar)dagi 22 ta sohada 2 395 ta, shundan 967 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari, 897 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 194 tadan ortiq koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar va 341 ta boshqa davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatilmoqda.
Hisobot kuniga qadar markazlarga 1 042 986 ta (sohaviy buyruq va shartnomalar) yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan boʻlib, ularning 964 210 tasiga ijobiy, 4 141 tasiga salbiy xulosa berilgan va 74 635 tasi qonun hujjatlari talabiga zid boʻlganligi sababli qaytarildi.
Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar manfaatini koʻzlab qarzdor tashkilotlarga jami 243 ta talabnomalar, talabnomani ijrosini taʼminlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga 126 ta daʼvo arizalari kiritilib, davlat organlari va tashkilotlarining 5,9 mlrd soʻmdan ortiq mulkiy manfaatlari himoya qilinishi taʼminlandi.
Tahlillarga koʻra, “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali hujjatlarni aylanishi hisobiga oʻrtacha 1 mln.dan ortiq yoki 4,0 tn. qogʻoz hamda shunga mutanosib ravishda mehnat va vaqt resurslari tejaldi.
Shuningdek, mazkur tizimda shaffoflikni ta’minlash, hududiy bog‘liqlikni va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish hamda yuklamalarni avtomatik taqsimlash maqsadida 2025-yilning iyul oyidan boshlab hujjatlarni aylanishida eksteritorial tartib joriy etilgan.
Mazkur tartib eng avvalo, markazlar tomonidan yuridik tusdagi hujjat loyihalarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish jarayoni tezlashtirishda o‘z samarasini berdi.
IX. Davlat xizmatlari faoliyati
Davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga 510 ga yaqin turdagi xizmatlar koʻrsatilib, bir kunda oʻrtacha 900 dan ortiq yuridik, 6 500 dan ortiq jismoniy shaxslarga xizmatlar koʻrsatilmoqda.
2025-yil davomida 1 806 521 ta shaxslarning arizalari rasmiylashtirilgan boʻlsa, shundan 561 749 tasi (31 %) internet tarmoqlari orqali koʻrsatilgan xizmatlarni tashkil etadi. Mazkur arizalarning 87 % hal etilgan, 13 % rad etilgan.
Shuningdek, maxsus transport vositasi yordamida viloyatning chekka hududlariga borgan holda 2024-yilda 130 mingdan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilgan bo‘lsa, 2025-yilda mazkur ko‘rsatgich 156 776 tani tashkil etdi.
Jumladan, ushbu sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida 5 500 dan ortiq kichik biznes subyektlari hamda 15 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Bundan tashqari, viloyatdagi 19 ta tuman (shahar)larning olis va chekka hududlarida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 19 ta infokioskalar o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali 62 turdagi 20 mingdan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi.
Xususan, markazlar tomondian 2024-yilda markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari 409 tani, 2025-yilda 507 tani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda mazkur xizmatlar sonini 600 tadan oshirish reja qilinmoqda.
X. Davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish faoliyati
Viloyatda koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari koʻrsatish bilan birga sohada qonun hamda muddat buzilishi holatlariga ham yoʻl qoʻyilmoqda.
Yoʻnalish boʻyicha olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida davlat organlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishda 13 632 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan bo‘lib, mazkur ko‘rsatgich o‘tgan yilga (40 154 ta) nisbatan 26 522 taga yoki 66 foizga kamaygan.
Qonunbuzilish holatlarining 3 986 tasi (29 %) gaz ta’minoti korxonalari,
2 038 tasi (15 %) elektr ta’minoti korxonalari, 1 799 tasi (13 %) suv ta’minoti korxonalari, 1 447 tasi (10 %) kadastr organlari, 705 tasi (5 %) qurilish organlari tomonidan, 3 657 tasi (27 %) esa boshqa tashkilotlar tomonidan sodir etilgan.
Yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini oldini olish va bartaraf etish boʻyicha 118 ta taqdimnoma, 287 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 23 nafar shaxslarning intizomiy, 287 nafar shaxslarning maʼmuriy javobgarlik masalalari hal etildi.
XI. FHDY faoliyati.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari tomonidan hisobot davrida
102 970 ta, shundan 53 875 nafar oʻgʻil, 49 095 nafar qiz tugʻilishi qayd etilgan, shuningdek 29 067 ta nikoh, 4 912 ta nikoh ajralish, 20 931 ta oʻlim qayd etildi.
XII. NNT faoliyati.
Viloyatda 783 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat va hisob roʻyxatidan oʻtib faoliyat yuritmoqda.
Ushbu tashkilotlardan 532 tasi davlat roʻyxatiga, (392 tasi yuridik shaxs maqomiga ega), 251 tasi nodavlat notijorat tashkilotlar hisob roʻyxatiga olingan.
Hisobot davrida 217 ta, shundan 202 ta islom diniga mansub, 15 ta noislomiy diniga mansub tashkilotlar davlat roʻyxatiga olingan.
Sohada oʻtkazilgan 51 ta nazorat tadbirlarida mehnat va boshqa turdagi aniqlangan
51 ta qonunbuzilish holatlari boʻyicha 51 ta taqdimnoma kiritildi hamda 21 nafar masʼul xodimlarning intizomiy javobgarlik masalalari hal etildi.
Bundan tashqari, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlarning hisobotlarining
99,0 foiz “e-ngo” portali orqali amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi (xizmatlar, tadbirlar, xorijiy manbalardan mol-mulk va pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).
XIII. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish faoliyati.
2025-yilda jami 176 ta hujjatdagi (51 tasi Farmon, 77 tasi qaror, 4 tasi farmoyish va
40 tasi bayon) 3 112 ta topshiriqlar “Ijro.gov.uz” orqali Fargʻona viloyati hokimligiga kelib tushgan va belgilangan muddatlarda topshiriqlar tizimda roʻyxatga olingan.
Hisobot yilida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijrosi yuzasidan 1 589 ta monitoring tadbirlari oʻtkazilib, monitoringlar natijasida 1 371 ta topshiriq nazoratdan yechilgan.
Shuningdek, 241 ta topshiriq ijrosi taʼminlanmaganligi aniqlanib, bajarilmagan topshiriqdar yuzasidan masʼul ijrochilarga 44 ta taqdimnoma, 2 ta jinoiy taklif kiritilgan.
Kiritilgan taʼsir choralar va huquqiy uslubiy koʻrsatmalar natijasida 208 ta topshiriq ijrosi taʼminlanib, nazoratdan yechildi hamda 12 nafar masʼul ijrochilarga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Bundan tashqari, viloyat hokimligiga 750 ta topshiriqni ijrosi yuzasidan 30 marotaba uslubiy koʻmak koʻrsatilib, Adliya vazirligi ishtirokida 7 marotaba seminar oʻtkazildi hamda TV orqali 2 marotaba, radio orqali 1 marotaba koʻrsatuv tayyorlanib, efirga berildi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritildi.
XIV. Intellektual mulkni himoya qilish faoliyati.
Sohada intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi boʻyicha huquqiy yordam soʻrab kelgan 200 dan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillariga huquqiy maslahatlar berildi. Huquqiy tushuntirishlar va koʻmaklashishlar natijasida 50 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari oʻz brendlariga ega boʻlishdi.
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning 135 ta murojaati koʻrib chiqildi. Shu bilan birga, intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi va qoʻllanilishi amaliyotini oʻrganish boʻyicha murojaatlar asosida 112 ta tadbirkorlik subyektlarida tekshirishlar oʻtkazildi.
Aniqlangan huquqbuzarlik holatlarini bartaraf etish yuzasidan intellektual mulk huquqi bilan bogʻliq qonunchilik talablarini buzgan 7 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, tadbirkorlik subyektlariga majburiy boʻlgan 68 ta taqdimnoma hamda 49 ta ogohnoma kiritilishi, 4 nafariga moliyaviy jarima qoʻllanilishi natijasida
251 ta intellektual mulk obyektlari himoyasi taʼminlandi.
Shuningdek, kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarishni aniqlash boʻyicha vakolatli organlar bilan 15 marotaba hamkorlikda tadbirlar oʻtkazildi, tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tadbirkorlik subektlariga 68 marotaba uslubiy yordamlar koʻrsatildi hamda 98 ta savdo obektlari kontrafaktsiz hudud deb eʼtirof etildi.
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilishining oldini olish maqsadida bozorlar, savdo majmualari va koʻchma savdo obyektlarida 100 dan ortiq tadbirlar oʻtkazildi. Tadbirlarda ishlab chiqaruvchilar hamda chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga kontrafakt mahsulotlari realizatsiyasining huquqiy oqibatlari haqida keng tushuntirishlar berilib 300 dan ortiq kontrafakt mahsulotlar katalogi tarqatildi.
Intellektual mulk sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash boʻyicha qator huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirildi. Jumladan, mualliflik, kontrafakt mahsulotlar, asl mahsulotlardan ularni farqlash, ularning zararlari toʻgʻrisida 12 ta videomaterial, 25 ta maqola tayyorlandi va ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.
XV. Notarial idoralar faoliyati.
Bugun viloyatda 110 ta xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib, ularning faoliyati boʻyicha 42 ta kompleks, 67 ta xizmat tekshiruvlari, 221 marotaba reyd tadbiri, 112 marotaba sirli mijoz tadbiri, 11 marotaba malaka komissiyasiyalari oʻtkazildii. Natijada 69 nafar notariuslar faoliyatida aniqlangan holatlar boʻyicha ularning litsenziyalari turli muddatlarga toʻxtatildi.
Xususan, 2024 yilda 6 turdagi (6 765 ta), 2025-yilda 13 turdagi (26 121 ta) notarial harakatlar onlayn tarzda amalga oshirilgan bo‘lsa, joriy yilda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan 18 turdagi notarial harakatlarni onlayn tarzda amalga oshirish maqsad qilingan.
XVI. Advokatura faoliyati.
Bugungi kunda viloyatda 286 ta advokatlik tuzilmalari faoliyat yuritmoqda, shundan 5 tasi advokatlar hayʼati, 38 tasi advokatlik firmasi va 242 tasi advokatlik byurolaridir.
Mazkur advokatlik tuzilmalarida 483 nafar advokatlar faoliyat yuritmoqda.
Hisobot davrida 90 nafar nomzodga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar rasmiylashtirilgan.
“E-advokat” tizimiga viloyatda faoliyat yuritayotgan barcha advokatlar boʻyicha ochiq maʼlumotlar toʻliq kiritilgan.
Boshqarma tomonidan hisobot kuniga 1551 nafar fuqaroning 2015 tadan ortiq hujjatlariga apostil muhri bosilgan.
XVII. Huquqiy targʻibot faoliyati.
Hisobot davrida 53 mingga yaqin huquqiy targʻibot tadbirlari (uchrashuv, davra suhbati, seminar hamda televideniyeda, radio, gazeta va jurnallar hamda rasmiy veb-saytlarda) amalga oshirildi.
Jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali 3 328 ta, shundan televideniya orqali 1 210 ta, radio orqali 695 ta, gazeta va jurnallarda 1 095 ta, elektron nashrlar orqali 328 ta hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali 14 100 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Sohalar boʻyicha, Konstitutsiyaga oid 1 443 ta, inson huquqlariga oid 14 489 ta
(xotin-qizlarga oid 3 317 ta, voyaga yetmaganlarga oid 2 497 ta), korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid 2 800 ta, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi
1 738 ta, boshqa sohalarda 32 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirlar davomida 157 turdagi ko‘rgazmali materiallar (plakat, buklet, flayer va boshqalar) 88 ming nusxada chop etilib, aholiga tarqatildi.
Bundan tashqari, boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali boshqarma tomonidan jinoyatchilikka oid tayyorlangan 25 ta videoroliklar va 50 dan ortiq infografiklar fuqarolarga yetkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga 2025-yilda jami 1 231 ta normativ-huquqiy hujjatlar elektron shaklda yuborildi. Shundan 93 tasini Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, 309 tasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, 402 tasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 427 tasini Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari, qarorlari tashkil qiladi.
XVIII. Inson resurslari faoliyati.
“Minjust HR” tizimida xodimlarning elektron taʻtillar jadvali ishlab chiqildi va yoʻlga qoʻyildi. Buning natijasida xodim tizimdagi shaxsiy kabineti orqali oʻzining taʻtiliga oid maʻlumotlarini doimiy kuzatib turadi va taʻtildan 15 kun oldin taʻtilga chiqishi toʻgʻrisidagi xabarnomani oladi. Xodim buyruq tasdiqlanguniga qadar taʻtil shartlarini oʻzgartirishi mumkin va xodimning foydalanilmay qolgan taʻtil kunlari uning shaxsiy kabinetida koʻrinib turadi. Buning natijasida 2025-yil davomida boshqarma hamda uning tizimida mehnat faoliyati olib borgan barcha xodimlar to‘liq mehnat ta’tiliga chiqib, mehnat ta’tili davomida hordiq olishlari ta’minlandi.
Bundan tashqari, tizimda mehnat taʻtiliga chiqayotgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy kafolatlar avtomatik tarzda shakllanadi.
“Minjust HR” tizimi orqali adliya organlari sohasida nomzodlarni boʻsh lavozimlariga tanlash va tayinlash yuzasidan yanada shaffof mexanizm yaratilish bilan bir qatorda, 15 mingdan ortiq qogʻoz sarflanishi, 650 nafarga yaqin xodimlarning viloyat markaziga kelib-ketishi oldi olindi. Shuningdek, PF-95 son Farmon asosida 2025-yil 1-avgust kunidan “hrm.gov.uz” platformasi orqali tizimdagi bo‘sh lavozimlarga tanlov e’lon qilish jarayoni yo‘lga qo‘yildi. 2025-yil davomida o‘tkazilgan tanlovlar natijasida 14 nafar nomzod e’lon berilgan lavozimlarga tavsiya etildi hamda ular bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzildi. Tizimda mehnat faoliyati yuritayotgan 111 nafar xodimlarning lavozimi o‘rgartirildi. Ularning 47 nafari yuqori lavozimga ko‘tarildi.
Boshqarma hamda uning tizimida faoliyat yuritayotgan 428 nafar xodimning malakasi oshirildi, 6 nafar xodim chet elda stajirovkadan o‘tdi.
Ish faoliyati davomida yutuqlarga erishga, o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan 155 nafar xodim belgilangan tartibda rag‘batlantirildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kundan boshqarma tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan 593 nafar xodimning 225 nafarini ayollar hamda 165 nafarini 30 yoshga to‘lmagan yoshlar tashkil etadi.
XIX. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplaens) faoliyati.
Adliya bo‘limlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mahalla yettiligi a’zolariga 380 dan ortiq, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida 220 dan ortiq va mehnat jamoalari o‘rtasida 950 dan ortiq manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Korrupsiyaviy holatlar haqida tez va qulay xabar berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda ishonch telefoni hamda xabar berish bo‘yicha turli aloqa kanallari haqida (telegramdagi @anticorfaradliyabot, (73) 249-05-25 IP:4507) uzluksiz ma’lumotlar berilmoqda.
Bundan tashqari, tizimdagi barcha binolarning kirish qismiga, xodimlarning xizmat xonalari hamda ish stollari ustiga korrupsiya va uning oqibatlaridan xabar qiluvchi flayerlar, peshtaxtalar (frushetka) o‘rnatilgan.
Qolaversa, korrupsiyaviy xavf-hatarlar yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha nazorat rejasi tasdiqlanib, doimiy monitoring olib borilmoqda.
Shuningdek adliya organlarida faoliyat yuritayotgan 70 nafardan ortiq xodimlar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi orqali malakasini oshirish ishlari amalga oshirilib, hozirgi kunda yana 84 nafar xodimni mazkur platformada malakasini oshirish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
