“El-yurt umidi” jamg‘armasi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda
2025-10-17 16:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda jamg‘arma vakillari tashkilotning asosiy vazifalari, inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha davlat tashabbuslari hamda yoshlarning dunyoning nufuzli universitetlarida ta’lim olish imkoniyatlari haqida tadbirda ishtirok etayotgan jamg‘arma stipendiantlari misolida batafsil ma’lumot berdilar.
Har bir yosh, yashash joyi yoki ijtimoiy holatidan qat’i nazar, agar u ilmga chanqoq, chet tillarini o‘rganishga qiziquvchan va rivojlanishga intiladigan bo‘lsa, jamg‘arma stipendiatlari safidan joy olishi mumkin.
Muloqotda yoshlar jamg‘armaning yangi loyihalari bilan yaqindan tanishib, o‘z g‘oya va rejalarini ham bildirib o‘tdilar.
O‘g‘il-qizlar tanlovlarda ishtirok etish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, stipendiya tanlovi bosqichlari hamda yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llari haqidagi turli savollarga mutasaddilardan javob oldilar.









