Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizda istiqbolli loyihalarni amalga oshirayotgan hamda investitsiya kiritishga qiziqish bildirayotgan yirik xitoylik investorlarni qabul qildi
2025-09-25 23:40:00 / Yangiliklar

Shundan so‘ng xitoylik investorlar tibbiyot sohasiga oid takliflarini taqdim etdilar. Xususan, eng yangi ixtirolardan bo‘lgan va tibbiyotda qon to‘xtatish uchun foydalaniladigan preparatlarni, shuningdek, qariyb 130 turdan ziyod jahon talablari darajasidagi tibbiy dori-darmon vositalarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjudligini bildirdilar. Buning uchun viloyatda zarur xomashyo bazasi borligi qayd etildi.
Viloyat rahbari mazkur tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, farmasevtika klasteri – maxsus farm zona tashkil etish, unda ilmiy laboratoriyalarni ham joylashtirish taklifini bildirdi. Investorlar bilan faoliyat turidan kelib chiqib turar-joy va infratuzilma ob’yektlarini qurish yo‘nalishida ham hamkorlikka tayyor ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, viloyat rahbari “Chengli Group” kompaniyasi boshqaruvi raisi Lyuu Xuy bilan ham muloqot qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi do‘stona, ishonchli munosabatlar mustahkamlanayotgani, viloyatimizdagi qulay investision muhit tufayli xitoy kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ortib borayotgani qayd etildi.
“Chengli Group” kompaniyasi kommunal xizmatlar, qurilish, yong‘in xavfsizligi, sanoat va logistika sohalarida qo‘llaniladigan qariyb 200 turdan ortiq maxsus texnikalar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Uchrashuvda bu ishlab chiqarishlarning ayrim yo‘nalishlarini Farg‘onada ham yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda viloyat rahbari eksportbop, raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, bu jarayonlarga eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish muhimligiga e’tibor qaratdi.
Bildirilgan takliflar yuzasidan loyihalarni amaliy bosqichiga o‘tish chora-tadbirlari kelishib olindi.





