Rishton an’anaviy kulolchiligi tarixi muzeyi ochildi
2025-09-20 14:05:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, “Rishton an’anaviy kulolchiligi tarixi muzeyi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilingandi.
Muzeyning asosiy vazifalari muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, to‘plash va saqlash, madaniy, ma’rifiy, ilmiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish, yoshlarni “ustoz-shogird” an’analari asosida kulolchilik hunariga o‘rgatish, kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish, ekspozisiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishdan iborat.
Ramziy lenta qirqilib, mehmonlar muzey faoliyati bilan tanishdilar.
Shu joyda "O‘zbekiston Badiiy kulolchiligi" kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Forum "An’anaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bilan davom etmoqda.









