Qo‘shtepa tumanida amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi
2025-09-12 12:30:00 / Yangiliklar

Unda tadbirkorlar tomonidan qurilish, meva va sabzavotlarni qayta ishlash, sanoat, trikotaj kabi yo‘nalishdagi istiqbolli loyihalar taqdimot qilindi.
40 mln dollarlik investitsiya hisobiga 9 ta loyiha amalga oshiriladi, 1210 ta ish o‘rni yaratiladi. Mazkur loyihalar tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hamda xorijlik investorlarning ham mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi, 2026-yilning o‘rtalarida ishga tushirilishi rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.
Viloyat rahbari mamlakatimizda bugungi kunda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarga to‘xtalib, ular taraqqiyotning kuchiga aylanganini qayd etdi. Hududlarda tashkil etilayotgan maxsus sanoat zonalari tadbirkor va investorlar uchun katta imkoniyat ekanligini bildirib, bunda eng zamonaviy istiqbolli loyihalarni joylashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligini bildirdi.
O‘z navbatida har bir loyiha tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shishi ta’kidlanib, mutasaddilarga tadbirkorlar bilan yaqin hamkorlikda ish olib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.








