Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga zamonaviy avtobus topshirildi
2025-05-08 14:00:00 / Yangiliklar
Marg‘ilonda 2024 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi viloyat rahbariga zamonaviy avtobus ajratish taklifini bildirgan edi. Mazkur taklif inobatga olinib, Ijod maktabiga zamonaviy avtobus olib berildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur avtobusni tantanali topshirib, o‘quvchilarga ezgu tilaklarini bildirdi.
Marosimda ishtirok etgan maktab jamoasi va o‘quvchilar bu g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, davlatimiz rahbari tomonidan bildirilayotgan ishonchga munosib javob berishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Ular maktabning erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berib, kelgusida yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishga harakat qilishlarini ma’lum qildilar.
Viloyat rahbari o‘quvchilarni ajdodlarga munosib, bilimli, zukko va o‘z iqtidorini rivojlantirishga qodir o‘g‘il-qizlar bo‘lib kamol topishlarida omad va zafarlar tiladi.
