Oltiariq tumaniga yangi hokim tayinlandi
2026-11-23 15:50:00 / Yangiliklar

Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Jumanov Jahongir Sabitaliyevich nomzodi tuman deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Hozirga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Jahongir Jumanov Oltiariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Jahongir Jumanov 1982-yilda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutining tarmoqlar iqtisodiyoti bo‘yicha magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida viloyat moliya tizimi va viloyat hokimligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2019–2021-yillarda Oltiariq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2021–2024-yillarda esa Furqat tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. Oltiariq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Shamsiddin Turdaliyev Andijon viloyati hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



