Xitoylik investorlar bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
2026-11-21 18:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda istiqbolli yo‘nalishlar, faol investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari e’tiborda bo‘ldi.
Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi.
Muloqot davomida xitoylik ishbilarmonlar qurilish materiallari ishlab chiqarish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda zamonaviy agrosanoat majmualarini tashkil etish bo‘yicha loyiha takliflari haqida ma’lumot berdilar.
Shuningdek, viloyatning xalqaro reyting ko‘rsatkichlari va investitsiyaviy jozibadorligi yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishi alohida qayd etildi.
Viloyat hokimi taqdim etilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, har bir loyihani aniq iqtisodiy hisob-kitoblar asosida puxta ishlab chiqish, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or xorijiy tajribani jalb etish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida loyihalarni chuqur o‘rganish, ularni amaliy bosqichga olib chiqish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha kelishib olindi.



