Hamkorlik ko‘lami yanada kengaymoqda
2026-11-18 22:30:00 / Yangiliklar

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov "Heyal Holding" kompaniyasi vakili Osman Xeyal bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kompaniya hamkorligida Quva tumanida tashkil etilayotgan "Turon Turk" maxsus sanoat zonasi loyihasining bugungi holati, amalga oshirilayotgan ishlar va uning keyingi bosqichlari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Ma’lumot uchun, loyiha doirasida Quva tumanida umumiy qiymati 350 million dollar bo‘lgan, 26 gektar maydonni egallagan maxsus sanoat zonasini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Unda meva-sabzavotni qayta ishlash, elektrotexnika, oziq-ovqat va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi hamda 5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Muloqot davomida loyihani belgilangan rejalar asosida amalga oshirish, mavjud masalalarni hal etish va hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


