Muqobil energiya — taraqqiyot uchun mustahkam poydevor
2026-11-17 20:15:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Beijing Daorong Energy Group” kompaniyasi bosh direktori Chen Szyunshun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda viloyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari e’tiborda bo‘ldi.
Xususan, shamol energiyasidan foydalanish, gidroelektr stansiyalar qurish hamda geotermal energiya imkoniyatlarini o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.
Viloyat hokimi yashil energetika sohasida pilot loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
Muloqotda mavjud imkoniyatlarni chuqur o‘rganish, aniq takliflar tayyorlash va o‘zaro manfaatli hamkorlik tashabbuslarini amaliy bosqichga olib chiqish masalalari kelishib olindi.


