Yangi O‘zbekiston ziyolilari — milliy yuksalish tayanchi
2026-11-12 10:25:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyatimizdagi ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, adabiyot, madaniyat va san’at, jurnalistika hamda boshqa turli sohalarning ilg‘or vakillari qatnashmoqda.
Mamlakat taraqqiyotida ziyolilarning ilmiy, intellektual va ijodiy salohiyatidan samarali foydalanish masalalari yig‘ilish kun tartibidan joy olgan.
Shuningdek, yoshlar tarbiyasi, milliy qadriyatlarni asrash va jamiyatni ma’naviy yuksaltirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Hududdagi mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularning yechimiga qaratilgan amaliy taklif va tashabbuslar ilgari suriladi.
Tadbir davomida bildirilgan taklif va tashabbuslar umumlashtirilib, “O‘zbekiston ziyolilari kengashi”ning respublika yig‘ilishiga taqdim etiladi.






