Sohibqiron Temur ko‘chasi yanada obod va zamonaviy qiyofaga keltiriladi
2026-11-04 20:45:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi o‘rganishlari davomida 24/7 tartibida faoliyat ko‘rsatishi belgilangan Sohibqiron Temur ko‘chasidagi ishlar bilan tanishdi.

Ko‘chaning 1,4 kilometrlik qismida mahalliy va xorijiy sayyohlar, shuningdek, aholiga kechayu kunduz xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan infratuzilma yaratilmoqda.
O‘rganish davomida loyihalarni Farg‘onaning o‘ziga xos me’moriy uslubi asosida yanada takomillashtirish, tungi yoritish tizimini kuchaytirish, hududni obodonlashtirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi.
Ko‘chani yanada jozibador maskanga aylantirish, aholiga mazmunli hordiq chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida mutasaddilarga qator topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.



