Zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlanmoqda
2026-11-03 20:10:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ozarbayjonlik investor, “Baku Oltin” MCHJ qo‘shma korxonasi ta’sischisi Mushfig Ibrahimzadeni qabul qildi.

Uchrashuvda zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va korxona faoliyatini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda korxonada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilayotgani, ularga ichki bozorda talab yuqori ekani ma’lum qilindi.
Kelgusida yangi turdagi zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, loyiha ko‘lamini kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda mahsulotlarni xorijiy bozorlarga eksport qilish rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib, tashabbuslarni amalga oshirishda zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’kidladi.


