Investorlar hamkorlikni yanada kengaytirmoqda
2026-11-03 19:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda korxona faoliyatini kengaytirish va o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xitoy kapitali ishtirokida tashkil etilgan mazkur korxona Uchko‘prik tumanidagi “Qo‘qon” EIZda joylashgan bo‘lib, kafel va keramogranit plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
2025-yilda ishga tushirilgan korxona bugungi kunda Markaziy Osiyodagi zamonaviy va yuqori unumli keramika ishlab chiqarish markazlaridan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.
Muloqotda investor yurtimizda yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar va ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash natijasida korxonada ishlab chiqarish jarayonlari jadal davom etayotganini ta’kidladi.
Loyiha samaradorligini oshirish va yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. Kelgusidagi hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.


