Viloyatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil oktabr oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazoratga olingan topshiriqlarning ijro holati haqida
2026-11-03 18:10:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori, 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-sentabrdagi 616-son qarori talablariga muvofiq, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Bu borada, viloyat hokimligida “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan topshiriqlar ijrosi “kunbay” tahlil qilinib borilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Ushbu tizim orqali kelib tushgan topshiriqlarning ijro holati viloyat hokimligida har haftaning dushanba kuni “Hokimlik soati” yig‘ilishida viloyat hokimi, haftaning har juma kuni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan tanqidiy-tahliliy muhokama qilinmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat hokimligiga shu kunga qadar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali jami 1 769 ta (4 ta qonun, 333 ta farmon, 938 ta qaror, 37 ta farmoyish va 457 ta bayon) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida 26 217 ta topshiriq kelib tushgan.
Shundan, 19 341 ta topshiriqda belgilangan vazifalar bajarilgan va ijro nazoratdan yechilgan bo‘lib, 6 876 ta ijro muddati kelmagan topshiriqning belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu jumladan, joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida viloyat hokimligi mas’ul bo‘lgan 264 ta, Administratsiya rahbari hujjatlarida 27 ta hamda Vazirlar Mahkamasining 43 ta topshirig‘i bajarilishi belgilangan bo‘lib, mazkur topshiriqlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash choralari ko‘rildi.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, taalluqli boshqarma, tashkilotlar hamda shahar, tuman hokimliklariga yuborilmoqda.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
2026-yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida viloyat hokimligi mas’ul bo‘lgan 235 ta va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshiriqlarida 12 ta hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida 32 ta topshirig‘i bajarilishi belgilangan. Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 26 tasi bajarildi.
Viloyat hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralari doimiy nazoratga olingan.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli va maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Ijro intizomini mustahkamlash, mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish hamda raqamli nazorat mexanizmlarini keng joriy etish orqali topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanmoqda.
Bu kabi amaliy ishlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda va bugungi kunda izchil davom ettirilmoqda.
