Investitsiyaviy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi
2026-11-02 20:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda viloyatda investitsiya loyihalarini amalga oshirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Avvalgi muloqotlarda bildirilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqishga ham alohida e’tibor qaratildi.
Farg‘onada xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuqori ekanligi e’tirof etildi.
Uchrashuvda Xitoy kompaniyasining qurilish materiallari, sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit va energetika kabi yo‘nalishlarda mahsulotlar sifatini tekshirish, muvofiqlikni baholash hamda sertifikatlash bo‘yicha tajribasidan dunyo standartlari darajasida samarali foydalanish masalalari haqida ham so‘z bordi.
Bu jarayonda mahalliy mutaxassislarni tayyorlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish muhimligi aytib o‘tildi.
Viloyat rahbari tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi. Bildirilgan takliflar asosida aniq loyihalarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Istiqboldagi hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.


