Hududlararo hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi
2026-10-29 21:30:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona hamda strategik sheriklik munosabatlari izchil kengayib borayotgani, ayniqsa, hududlar darajasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bugungi kunda yanada faollashgani alohida qayd etildi.
Farg‘ona viloyatining Belarus hududlari bilan hamkorligi amaliy loyihalar bilan kengayib borayotganligi bildirildi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, yengil sanoat, mebelchilik, farmasevtika va mashinasozlik kabi istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, qo‘shma korxonalar tashkil etish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar xususida so‘z yuritildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomon uchun ham iqtisodiy samaradorlik va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladigan qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.




